Germaniya TIV rahbari G'azodagi zo'ravonlikni to'xtatish uchun xalqaro hamkorlikka chaqirdi

Dunyo

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Baerbok dushanba kuni Herzliya shahrida Siyosat va strategiya instituti va Isroildagi Reyxman universiteti tomonidan tashkil etilgan xavfsizlik konferensiyasida G'azo sektoridagi zo'ravonlikni to'xtatish uchun xalqaro hamkorlikka chaqirdi va isroilliklar uchun ham, falastinliklar uchun xavfsizlik kafolatlangandagina barqaror xavfsizlikka erishish mumkinligini ta’kidladi.

Germaniya TIV rahbari G'azodagi zo'ravonlikni to'xtatish uchun xalqaro hamkorlikka chaqirdi
"Barqaror xavfsizlikni yaratish uchun G'azodagi zo'ravonlikni to'xtatish, jangovar harakatlarga batamom nuqta qo’yish yo'llarini topish juda muhim", - dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Baerbok.

“Barcha isroilliklar uchun doimiy xavfsizlik faqat falastinliklar uchun doimiy xavfsizlik mavjud bo'lganda mumkin bo'ladi. Va aksi: falastinliklar uchun doimiy xavfsizlik faqat isroilliklar uchun doimiy xavfsizlik mavjud bo'lganda bo'lishi mumkin”, - dedi Baerbok.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing