Germaniyaning AMAZONE kompaniyasi ishga taklif qilmoqda

O'zbekiston

So'nggi yillarda Germaniyada ish kuchiga bo'lgan talab ortib bormoqda. Ayniqsa, texnik mutaxassislar va ishchi kasblar bo'yicha malakali kadrlar Germaniya mehnat bozorida juda qadrlanadi. Shu sababli, O'zbekiston migratsiya agentligi va Germaniyaning nufuzli ish beruvchisi AMAZONE kompaniyasi payvandchi, muhandis-mexanik va chilangar yo‘nalishlarida 70 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilmoqda.

Germaniyaning AMAZONE kompaniyasi ishga taklif qilmoqda
Nomzodlar uchun oylik maosh 1800 yevro miqdorida belgilangan. Biroq, ishchilar uy ijara haqi va ovqatlanish xarajatlarini o‘z hisobidan qoplashi lozim. Ish haftasiga 5 kun, 40 soat davom etadi.

Mazkur lavozimlarga talabgor bo‘lish uchun quyidagi mezonlarga mos kelish zarur:

Yosh chegarasi: 40 yoshgacha

Til bilimi: Nemis tilidan kamida A2 darajadagi Gyote, Telc yoki ÖSD xalqaro sertifikati

Ta'lim:

Metall texnologiyasi, qishloq xo‘jaligi yoki texnika yo‘nalishida kasb-hunar ta’lim diplomi yoki

Avtomobilsozlik, mashinasozlik yoki agrar mashinasozlik bo‘yicha bakalavr darajasi

Ish tajribasi: Soha bo‘yicha kamida 1 yillik tajriba talab etiladi

AMAZONE kompaniyasi o‘z xodimlariga quyidagi qulayliklarni taqdim etadi:

Aviabilet

Aeroportdan ish joyigacha transfer

Arzonlashtirilgan turar joy topishda yordam

Qishloq xo‘jalik texnikasi, gidravlika va elektron komponentlarni yig‘ish bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarga ega nomzodlarga ustunlik beriladi

Nomzod sudlanmagan bo‘lishi lozim

Jismonan sog‘lom bo‘lishi talab etiladi.

Sinov muddati: 6 oy

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun +998 71-202-33-55 (ichki raqam 10), deb yozadi Migratsiya agentligi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing