Gruziyada bosh vazir oʻzgarishi kutilmoqda

Siyosat

Gruziyaning amaldagi bosh vaziri Irakliy Garibashvili va hukmron “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” partiyasi rahbari Irakliy Kobaxidze 1-fevral kuni o’zaro lavozim almashadilar.

Gruziyada bosh vazir oʻzgarishi kutilmoqda
“Imedi” telekanalining xabar berishicha, tegishli qaror partiya siyosiy kengashining 24-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilingan. Siyosatchilar, shuningdek, 1-fevral kuni partiya qurultoyini o‘tkazishga qaror qilishdi, unda Kobaxidze bosh vazir va “Gruziya orzusi” siyosiy kotibi lavozimini egallaydi.

Avvalroq Gruziyaning sobiq bosh vaziri Bidzina Ivanishvili siyosatga qaytishini ma’lum qilgandi. Uning tushuntirishicha, bu qaror davlat oldida turgan ko‘plab muammolar bilan bog‘liq. U Gruziya uchun asosiy maqsad uning suverenitetini tiklashdir, deb hisoblaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing