Gurjiston prezidenti parlament saylovlari natijasidan norozi
Dunyo
Gurjiston prezidenti Salome Zurabishvili maxsus matbuot anjumanida parlament saylovlarining rasmiy natijalarini tan olmasligini ma’lum qildi.
Zurabishvilining fikricha, ushbu saylov natijalarini tan olish «Rossiyaning kelishi va Gurjistonning bo‘ysunuvini» ma’qullash demakdir. Zurabishvili muxolifat tarafdorlarini 28 oktyabr, dushanba kuni kechqurun mitingga chiqishga chaqirdi. «Men mamlakatga buning uchun kelmaganman. Ajdodlarimiz buning uchun yashamagan va biz buni qabul qilmaymiz. Hech kim Gurjistondan Yevropa kelajagini tortib ololmaydi», — deydi u o’z bayonotida.
Markaziy saylov komissiyasining xabar berishicha, «Gurjiston orzusi» 53,9 foiz ovoz to‘plagan hamda, G‘arb bilan yaqinlashuv tarafdori bo‘lgan to‘rtta muxolif partiya ham saylovdan o‘tgan. «Birlik milliy harakati» va «O‘zgarishlar uchun koalitsiya» saylov uchastkalari yopilganidan bir necha soatdan so’ng, saylovlar «o‘g‘irlangani»deb e'tiroz bildirgan va hukmron partiyani «konstitutsion to‘ntarish»da ayblagan hamda 27 oktyabrdan muntazam norozilik aksiyalari boshlashini e'lon qildi.
«O‘zgarishlar uchun koalitsiya» keng ko‘lamli soxtalashtirish sxemasini fosh qilganini ma’lum qilib, tafsilotlar keyinroq ochiqlanishi va’da qilgan. Shundan so’ng, «Kuchli Gurjiston» ham xuddi shunday bayonot bilan chiqdi. Uchala harakat ham qo‘lga kiritilgan deputatlik mandatlaridan voz kechishi haqida xabar berdi.

Powered by Froala Editor