Guterrish BMT Xavfsizlik Kengashiga G'azo muammosi bo'yicha murojaat qildi

Bosh kotib bunday vakolatidan birinchi marta foydalandi.

Guterrish BMT Xavfsizlik Kengashiga G'azo muammosi bo'yicha murojaat qildi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guterrish oʻz faoliyati davomida birinchi marta BMT Nizomidagi vakolatlaridan foydalangan holda Gʻazoda gumanitar falokatning oldini olish uchun Xavfsizlik Kengashiga maktub yoʻlladi. Bu haqda "Anadolu" ma'lum qildi.

Bosh kotibning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik kundalik matbuot anjumanida Bosh kotibning nutqi haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, maktubda Bosh kotib Guterrish BMT Nizomining 99-moddasiga ishora qilib, “8 haftadan ortiq davom etgan jangovar harakatlar insoniyatning dahshatli azob-uqubatlariga olib kelganini” ta’kidlagan.

Guterrish maktubida Isroil harbiy hujumi tufayli G'azodagi tinch aholining jiddiy xavf ostida qolganini, tinch aholini himoya qiladigan xavfsiz joy yo'qligini, sog'liqni saqlash tizimi vayron bo'lganini eslatgan.

G'azodagi mavjud vaziyatning muhim gumanitar operatsiyalarni amalga oshirishni imkonsiz qilganligini tilga olgan Guterrish, G'azoning Isroil kuchlari tomonidan tinimsiz bombardimon ostida ekanini qayd etgan.

Bosh kotibning ta'kidlashicha, xalqaro hamjamiyat G'azodagi zo'ravonlikning yanada kuchayishini oldini olish va inqirozni tugatish uchun o'z ta'siridan foydalanishi shart.

"Men Xavfsizlik Kengashi a'zolarini gumanitar falokatning oldini olish uchun bosim o'tkazishga chaqiraman va gumanitar sulh e'lon qilish talabimni takrorlayman. Bu shoshilinch", deya ta'kidlagan BMT Bosh kotibi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing