Hindiston va Pokiston o'rtasida urush boshlanishi mumkin
Dunyo
Pokiston qo‘shinlari Jammu va Kashmirdagi nazorat chizig‘idagi Hindiston chegara postlarini o‘qqa tutdi. Unga javoban Hindiston xavfsizlik kuchlari "ta'sirli javob bergan”, otishma natijasida qurbonlar yo'q. Bu haqida Times of India nashri xabar berdi.
Otishma 24-aprel, payshanba kuni kechqurun, qurolli jangarilar Pahalgam shahrida sodir bo‘ldi. Hudud Hindiston tomonidan nazorat qilinadi, ammo Pokiston uzoq vaqtdan beri unga da'vo qilib keladi.
Pokiston Mudofaa vazirligi Hindiston bilan urushga tayyorligini e’lon qildi. Vazirlik e’lonni o‘zining X ijtimoiy tarmog‘iga joyladi.
Pokiston o‘z murojaatida Hindiston hududlaridan birini tor-mor qilish bilan tahdid qilgan.
"Rahmat, Modi (Hindiston bosh vaziri Narendra Modi), sen millatimizni birlashtirding. Urushni xohlaysanmi? Pokiston tayyor", deyiladi rasmiy murojaatda.
O‘z navbatida, Pokiston bosh vaziri mazkur vaziyat xavotir uyg‘otishi kerakligini qayd etdi.
"Dunyo ikki yadroviy davlat — Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayib borayotganidan xavotirga tushishi kerak", dedi mudofaa vaziri Xavaja Asif.
Uning fikricha, bu mojaro “keng ko‘lamli urush”ga aylanib ketishi mumkin. Shu bilan birga, Asif nizoni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish mumkinligiga umid bildirdi.
Ma’lumot uchun, bu ikki davlatlar o‘rtasidagi munosabatning keskinlashishi sababi: Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar 22-aprel kuni bir guruh terrorchilar bahsli Jammu va Kashmir hududida tinch aholi va sayyohlarga hujum qilganidan keyin taranglashdi. Terakt oqibatida 26 kishi halok bo‘lgan (ulardan 25 nafari Hindiston fuqarolari). Hujum uchun javobgarlikni Kashmir Resistance guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Powered by Froala Editor