Hindistonda jazirama oqibatida bir kun ichida kamida 85 kishi halok bo‘ldi

Dunyo

Hindistonda o‘tgan kun davomida mamlakatning shimoliy va sharqiy qismlarini qamrab olgan jazirama oqibatida kamida 85 kishi halok bo‘ldi. TASSning Hindustan Times gazetasiga tayanib xabar berishicha, jazirama oqibatida halok bo‘lganlar Odisha, Bihar, Jharkhand, Rajasthan va Uttar-Pradesh shtatlarida qayd etilgan.

Hindistonda jazirama oqibatida bir kun ichida kamida 85 kishi halok bo‘ldi
Eng ko‘p qurbonlar Odishada qayd etilgan, u yerda yuqori haroratga yuqori namlik ham qo‘shilgan. Hindistonning sharqiy qirg'og'idagi bu shtatda jazirama tufayli 46 ta o'lim qayd etilgan, bir necha o'nlab odamlar kasalxonaga yotqizilgan. Mahalliy hokimiyat idoralari jazirama va shunga bog‘liq muammolardan jabr ko‘rganlarni davolash uchun har bir kasalxonada oltita o‘rinni zaxiralash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Biharda kamida 16 kishi qurbon bo‘lgan, o‘nlab odamlar kasalxonaga yotqizilgan. Uttar-Pradeshda 15 kishi halok bo‘lgan bo‘lsa, Jharkhand va Rajasthanda 4 nafardan jazirama tufayli halok bo‘lgan.

Rasmiylarning qayd etishicha, qurbonlar orasida saylov uchastkalarini ovoz berishga tayyorlayotgan ko‘plab saylov komissiyasi xodimlari ham bor. Shanba kuni Hindistonda umumiy parlament saylovlarining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing