Humo to’lov tizimini xususiylashtirish ishlari boshlandi
O'zbekiston
Aktiv ommaviy ravishda taklif qilish usuli asosida sotilishi eʼlon qilindi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Milliy banklararo protsessing markazi (Humo) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini ommaviy ravishda taklif qilish usuli asosida savdo jarayonlari boshlanganligini eʼlon qildi.
Milliy banklararo protsessing markazi – bank toʼlov kartalariga asoslangan “Humo” toʼlov tizimi Oʼzbekistonda va xorijda operatsiyalarni amalga oshirishga moʼljallangan boʼlib, Oʼzbekiston toʼlov tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Jamiyat toʼlov tizimining operatori faoliyatini amalga oshirishga doir Markaziy bankning tegishli litsenziyasiga ega.
Аyni paytda 27 milliondan ortiq HUMO kartalari chiqarilgan boʼlib, 210 mingdan ortiq terminal va 6,4 mingdan ortiq bankomatlar oʼrnatilgan.

Powered by Froala Editor