Husiylarning Qizil dengizdagi hujumlari Yevropada gaz inqirozini keltirib chiqarishi mumkin

Siyosat

Yamandagi husiy isyonchilarning “Ansor Alloh” jangari guruhi hujumlari kuchayishi fonida Qatardan suyultirilgan gaz yetkazib berish keskin kamayganligi sababli Yevropa davlatlari gaz inqiroziga duch kelishi mumkin, deb xabar bermoqda “Associated Press” agentligi.

Husiylarning Qizil dengizdagi hujumlari Yevropada gaz inqirozini keltirib chiqarishi mumkin
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, 2024-yil yanvar oyida Qatardan Italiyadagi yirik terminalga suyultirilgan gaz yetkazib berishning taxminan 70% savdo kemalari va tankerlariga raketa hujumlari tufayli bekor qilindi. 2023-yilda Italiya energetika bozorida Yaqin Sharq yoqilg'isining ulushi 40% ni tashkil etdi.

Suyultirilgan gaz ta'minoti bilan bog'liq muammolar ko'plab Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ta'sir qilishi mumkin. Yevropa mamlakatlarida suyultirilgan gaz sanoat korxonalari uchun muhim manba sanaladi va elektr energiyasini ishlab chiqarish va binolarni isitish uchun ishlatiladi. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, Yaqin Sharqda mojaroning kuchayishi butun Yevropa mintaqasining energiya xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing