O’zbekiston dunyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

Dunyo

“Safety Perceptions Index” o’tkazgan tahlilga ko’ra, O‘zbekiston eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 1-o‘rinni egallagan.

O’zbekiston dunyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi
O‘zbekistonda fuqarolarning hayoti va sayohat qilishi uchun xavf darajasi minimal ekani sababli “Safety Perceptions Index” tahlillarida birinchi o’ringa loyiq ko’rildi. Ushbu indeks oziq-ovqat va suv, zo‘ravonlik jinoyatlari, noqulay ob-havo sharoiti, aqliy sog‘lomlik hamda mehnat muassasalaridagi xavfsizlik kabi faktorlar ni o’z ichiga olgan.

Eng xavfsiz mamlakatlar yuqori beshtaligida O’zbekistondan keyingi o’rinlarda Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Norvegiya va Estoniya joy olgan.

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 14-, Tojikiston 17-, Qirg‘iziston 26-o‘ringa loyiq ko’rilgan. Reytingning eng quyi qismini Gvineya, Serra-Leone va Mali davlatlari band etgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing