O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paydi

O'zbekiston

Shuningdek, byudjet daromadlari ham 113 trillion so‘mga yetib, 14 foizga o‘sgan.

O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paydi
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Tahlillar ko‘rsatishicha, 2024 yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paydi, sanoat – 7,8 foizga, qurilish – 10,1 foizga, xizmatlar – 12,9 foizga, qishloq xo‘jaligi – 3,8 foizga o‘sdi. Byudjet daromadlari ham 113 trillion so‘mga yetib, 14 foizga o‘sgan.

Yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qo‘shilgan qiymat 567,4 trillion so‘mga yetgan. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 94 trillion so‘mga ko‘p hisoblanadi.

Ma‘lumot uchun, O‘zbekistonda 2023-yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 1,07 kvadrillion so‘mni (90,8 milliard dollarga yaqin) tashkil etgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing