KIOGE-2024: Neft va gaz sanoati uchun yangi davr boshlandi

Dunyo

2024 yilning 25-27 sentyabr kunlari Olmaotada bo‘lib o‘tadigan 29-chi xalqaro KIOGE-2024 neft va gaz ko‘rgazmasi jahon energetika sanoati vakillarini bir joyga to‘playdi. Tadbirda 340 dan ortiq kompaniya ishtirok etishi kutilmoqda.

KIOGE-2024: Neft va gaz sanoati uchun yangi davr boshlandi
Ko‘rgazmada dunyoning 20 mamlakatidan, jumladan Avstriya, Rossiya, O‘zbekiston, Xitoy, va Buyuk Britaniyadan kelgan kompaniyalar neft va gaz qazib olish, qayta ishlash va transport sohasidagi so‘nggi texnologiyalarni namoyish qiladi. Joriy yilda ishtirokchilarning 40 foizi birinchi marta qatnashmoqda, bu esa tadbirning nufuzi oshayotganini ko‘rsatadi.

KIOGE-2024 tadbirlari doirasida sohada dekabrbonizatsiya va ekologiyani himoya qilish bo‘yicha innovatsion yechimlar keng muhokama qilinadi. Shuningdek, ko‘plab kompaniyalar o‘zlarining eng yangi loyihalari va kelajakdagi rejalari haqida ma'lumot beradi.

26-sentabr kuni o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyada neft-gaz sanoatining global o‘zgarishlar sharoitidagi rivojlanish strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Ushbu konferensiyada Qozog‘iston va Birlashgan Arab Amirliklari Energetika vazirlari, Shell va Eni kompaniyalari rahbarlari ishtirok etadi.

700 dan ortiq delegatlar ishtirok etadigan bu konferensiya sanoatning barqaror rivojlanish strategiyalari va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish uchun muhim maydonga aylanadi. Maxsus sessiyalar davomida mahalliy loyihalar, IT va sun'iy intellekt masalalari ham yoritiladi.

Industry 4.0 Startup Battle musobaqasi esa raqamlashtirish bo‘yicha innovatsion yechimlarni taklif qiladigan istiqbolli startaplarni birlashtiradi. Ushbu musobaqa ishtirokchilarga neft va gaz sohasida o‘z g‘oyalari bilan yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik qilish imkonini beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing