O’zbekiston hisobiga yana ikkita oltin medal

Sport

Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Do’smatov ikki karta Olimpiada chempioni unvoniga erishdi.

O’zbekiston hisobiga yana ikkita oltin medal


Ulugʻbek Rashitov Olimpiya oʻyinlarining ikki karra gʻolibligiga erishgan birinchi o’zbek taekvondochisi sifatida oʻz nomini sportimiz solnomasiga muhrlab qoʻymoqda. -68 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz finalda iordaniyalik Zaid Karimni 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg) ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni sharafiga muyassar boʻlgan ilk oʻzbek bokschisiga aylandi. Hamyurtimiz hozirgina yakunlangan chempionlik jangida mezbon bokschi Bilal Bennamani magʻlub etib, delegatsiyamizga Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini taqdim etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing