Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan Ispaniyada uchrashadi
Siyosat
Uchrashuv 5-oktyabr kuni Ispaniyaning Granada shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammiti doirasi oʻtishi kutilmoqda.
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 5-oktyabr kuni Ispaniyaning Granada shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitida uchrashadi. Bu haqda Armaniston Xavfsizlik kengashi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Biz [Aliyevning yordamchisi Hikmet] Hojiyev bilan 5-oktabr kuni Granadada bo‘lib o‘tadigan yetakchilar uchrashuviga tayyorgarlik ko‘ryapmiz”, deyiladi Xavfsizlik kengashi bayonotida.
Davlat rahbarlari vakillari 26-sentyabr kuni Bryusselda uchrashib, muzokaralar kun tartibini muhokama qiladi. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel ishtirokida besh tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Pashinyanning taʼkidlashicha, ikki davlat o‘rtasida 2023-yil oxirigacha tinchlik o‘rnatilishi ehtimoli bor.
23-sentyabr kuni Aliyev ikki davlat uchun tinchlik shartnomasini tuzish uchun “ko‘proq qulay imkoniyatlar” borligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, Ozarbayjon hukumati Togʻli Qorabogʻdagi ijtimoiy, gumanitar, iqtisodiy va infratuzilmaviy muammolarni hal qilish uchun ishchi guruh tuzgan. Shuningdek, u Yevropa Ittifoqini mintaqaviy hokimiyat bilan reintegratsiya bo‘yicha muzokaralar haqida ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor