O‘zbekistonda elektromobillar importi rekord darajaga yetdi
O'zbekiston
O‘zbekiston 2024 yilning dastlabki 8 oyi ichida xorijdan 166,8 million AQSH dollariga 12 913 ta elektromobil import qildi. Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, bu raqam mamlakatda ekologik toza transportga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Eng katta hajm Xitoydan import qilingan bo‘lib, u yerda 12 840 ta elektromobil olib kelingan. Qozog‘iston, Gonkong, Germaniya, BAA va AQShdan esa nisbatan kamroq miqdorda import amalga oshirilgan.
Ushbu import hajmi elektromobil bozorining O‘zbekistonda tez sur’atlar bilan rivojlanayotganidan darak beradi va kelajakda ushbu yo‘nalishdagi sarmoyalar ortishi kutilmoqda.
Ushbu import hajmi elektromobil bozorining O‘zbekistonda tez sur’atlar bilan rivojlanayotganidan darak beradi va kelajakda ushbu yo‘nalishdagi sarmoyalar ortishi kutilmoqda.
Powered by Froala Editor