Indoneziyada 7,7 magnitudali zilzila: o‘nlab qurbonlar, sunami xavfi e’lon qilindi

Dunyo

Indoneziyaning Flores oroli yaqinida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lib, vayronagarchiliklar, ko‘chkilar va aloqa uzilishlariga sabab bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 20 kishi halok bo‘lgan, biroq ayrim manbalarda qurbonlar soni 38 nafarga yetgani qayd etilmoqda. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Indoneziyada 7,7 magnitudali zilzila: o‘nlab qurbonlar, sunami xavfi e’lon qilindi
Maumere, Sikka, Nagekeo va G‘arbiy Manggarai hududlari eng ko‘p zarar ko‘rgan. Turar joylar, maktablar, shifoxonalar va davlat muassasalariga zarar yetgan. Qariyb 2 ming kishi vaqtinchalik boshpanalarga evakuatsiya qilingan. Ko‘chkilar yo‘llarni to‘sib qo‘ygani va aloqa uzilgani ayrim hududlarga qutqaruvchilarning yetib borishini qiyinlashtirmoqda.

Asosiy silkinishdan keyin ko‘plab aftershoklar qayd etildi. Zilziladan so‘ng sunami xavfi haqida ogohlantirish berilgan, keyinchalik dengiz sathining sezilarli ko‘tarilishi kuzatilmagach, ogohlantirish bekor qilingan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing