INNO texnoparkida Ilg‘or muhandislik maktabi ochildi
Texnologiya
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi INNO innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida 13-mart kuni Ilg‘or muhandislik maktabini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida ma’lum qilindi.
Unda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent traktor zavodi, Toshkent davlat texnika universiteti va UMPT (UzautoMotors Powetrain) korxonasi mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbirda yig‘ilganlar muhandislik maktablari kelgusida eng ilg‘or amaliyotga yo‘naltirilgan taʼlim texnologiyalarini joriy etish imkonini beruvchi texnologik uskunalar bilan jihozlangan muhandislik taʼlim xabiga aylanishini ta’kidlashdi.
Shuningdek, muhandislik maktabi innovatsion madaniyatning rivojlanishiga, kadrlar tayyorlash sifatining oshishiga, shu qatorda, ta’lim, fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qilishi qayd etildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu ta’lim maskani maktabgacha va maktab hamda oliy ta’lim muassasalari, olimlar va oddiy aholi orasidan innovatorlarni kashf qilishga ko‘maklashadi. Talabalar, universitet olimlari hamda zavod bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Powered by Froala Editor