Islandiya va Chernogoriya 2028-yilda bir vaqtda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi mumkin
Dunyo
Islandiya va Chernogoriya 2028-yilda Yevropa Ittifoqining navbatdagi a’zolariga aylanishi mumkin. Politico nashriga ko‘ra, bunday ssenariy 29-avgust kuni Islandiyada o‘tkaziladigan referendumda fuqarolar YIga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashni qo‘llab-quvvatlagan taqdirda amalga oshishi mumkin.
Yevropa Ittifoqining kengayish masalalari bo‘yicha komissari Marta Kos ta’kidlashicha, Islandiya Yevropa iqtisodiy hududi va Shengen makoniga a’zo bo‘lgani sababli alohida holat hisoblanadi. Shu bois muzokaralar qayta boshlansa, ular bir yoki ikki yil ichida yakunlanishi mumkin.
Politico ma’lumotiga ko‘ra, bu Islandiyani Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha eng ilgarilab ketgan nomzod sanaluvchi Chernogoriya bilan bir bosqichga olib chiqishi mumkin. Mamlakat 33 muzokara bobining yarmidan ko‘prog‘ini yakunlagan va 2028-yilgacha a’zolikni maqsad qilgan.
Nashrning yozishicha, Bryusselda ikki davlat uchun yagona kengayish paketini tayyorlash imkoniyati ham muhokama qilinmoqda. Yevropa amaldorlaridan biri ularning bir vaqtda qo‘shilishi ehtimolini yuqori deb baholagan.
Politico qayd etishicha, Islandiyaning iqtisodiy salohiyati ham ushbu yondashuvni qo‘llab-quvvatlaydi. Mamlakat Yevropa Ittifoqi byudjetiga donor bo‘lishi va Chernogoriyaning a’zoligi bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplashi kutilmoqda.
Islandiya Yevropa Ittifoqiga a’zolik uchun 2009-yilda ariza bergan, biroq 2013-yilda muzokaralar to‘xtatilgan. Hozirgacha muhokama qilinayotgan asosiy masalalardan biri baliqchilik ustidan milliy nazoratni saqlab qolishdir.

Powered by Froala Editor