Islom sivilizatsiyasi dunyoni birlashtirmoqda: O‘zbekistonda tarixiy forum ochildi
O'zbekiston
O‘zbekistonda «Tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat yo‘li» I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi boshlandi. Nufuzli tadbir 40 dan ortiq davlatdan qariyb 300 nafar xorijiy mehmonni birlashtirdi.
Forumda davlat va jamoat arboblari, vazirlar, muftiylar, taniqli ilohiyotshunoslar, akademiklar, islomshunoslar, olim va tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. Shuningdek, muzey va kutubxonalar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ham tadbirda qatnashmoqda.
Forum islom sivilizatsiyasining boy ilmiy, ma’naviy va madaniy merosi, tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat tamoyillarini mustahkamlash masalalari bo‘yicha xalqaro muloqot maydoniga aylanishi ko‘zda tutilgan.
Tadbir O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda ICESCO bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Forum turli davlatlarning yetakchi ekspertlarini tarixiy merosni asrash, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash masalalari atrofida birlashtirmoqda.

Powered by Froala Editor