«Islomni zo‘ravonlik bilan bog‘lash uning mohiyatiga zid»: O‘zbekistonda islom sivilizatsiyasi merosi muhokama qilinmoqda
O'zbekiston
Ilm-fan, ta’lim va tarixiy xotirani asrash O‘zbekistonda 50 dan ortiq mamlakatdan kelgan 450 nafardan ziyod olim, din arbobi, diplomat va tadqiqotchini birlashtirgan birinchi Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumida muloqotning asosiy vositalari sifatida ilgari surilmoqda.
Besh kunlik forum Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida o‘tkazilib, islom sivilizatsiyasining jahon ilm-fani va intellektual hayotiga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan. Muhokamalar markazida xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, qo‘lyozma merosini asrash va raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari turibdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev forum ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida mojarolar, ishonchsizlik, ekstremizm va islomofobiya kuchayayotgan sharoitda ilm-fan, madaniyat, ta’lim va umumiy axloqiy qadriyatlar tinchlik hamda barqaror taraqqiyotning muhim asosi bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.
Forumning asosiy vazifalaridan biri islomni zo‘ravonlik bilan bog‘lovchi stereotiplarga qarshi turishdir. «Islomni zo‘ravonlik yoki ekstremizm bilan bog‘lash uning asl mohiyatiga zid», — dedi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy kotibi Rustam Jabborov.
Markaziy Osiyo allomalari merosiga alohida e’tibor qaratildi. ICESCO bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik Al-Xorazmiy, Ulug‘bek va Al-Beruniyning zamonaviy ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasini qayd etib, ular yaratgan tamoyillarning sun’iy intellekt texnologiyalari va astronomiya bilan bog‘liqligini ta’kidladi.
Forum ishtirokchilariga ko‘ra, dunyo kutubxonalarida Movarounnahr olimlari yaratgan qariyb 100 ming qo‘lyozma aniqlangan. Sun’iy intellekt ularni kataloglashtirish, o‘rganish va saqlash vositalaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Forum doirasida universitetlar, muzeylar va ilmiy markazlar ishtirokidagi 70 dan ortiq xalqaro tashabbus taqdim etildi. Kun tartibidan Toshkent deklaratsiyasi hamda ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham o‘rin olgan.

Powered by Froala Editor