Ispaniya ayollar futbol terma jamoasi ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
Sport
Sidneyda boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ispan qizlari tarixiy gʻalabaga erishdi. Ular finalda Angliya terma jamoasiga qarshi toʻp surdi va 1:0 hisobida gʻolib boʻldi.
Futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida Ispaniya va Angliya terma jamoalari to‘qnash keldi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sidneyda bo‘lib o‘tgan chempionatda ispan qizlari 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, tarixda ilk bor jahon chempionati kubogini qoʻlga kiritgan.
Ikkinchi o‘rin Angliyaga va uchinchi o‘rin Shvetsiyaga nasib qilgan. Umuman olganda, uchala mukofot ham Yevropa mamlakatlarida qoldi.
Maʼlumot uchun, Ispaniya va Angliya terma jamoalari ilk marta jahon chempionati finalida o‘ynashdi. Bungacha ispaniyalik qizlarning eng yaxshi yutug‘i 1/8 final edi. Ingliz qizlari esa 2015-yilgi jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritgan. Bu yilgi jahon chempionati Avstraliya va Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tdi.

Powered by Froala Editor