Ispaniya O'zbekistonga yangi elchi tayinladi
Siyosat
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Ispaniyaning yangi tayinlangan elchisi Rikardo Martines Vaskesdan (qarorgohi Moskva shahrida joylashgan) ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Bu haqida "Dunyo" AA xabar berdi.
"Ispaniyaning O'zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Rikardo Martines Vaskes janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida.
– Mamlakatlarimiz o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar dinamikasi yuqoriga qarab ketayotganligi yaqqol namoyon bo'lmoqda. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari birgalikda hayotga tatbiq etishi lozim bo'lgan ulkan imkoniyatlarni alohida e'tirof etdik. Janob elchiga O'zbekiston-Ispaniya hamkorligining yangi yo'nalishlarini rivojlantirishda va samarali faoliyat olib borishida omad tilaymiz", deydi vazir Baxtiyor Saidov
66 yoshli tajribali diplomat Rikardo Martines Vaskes Ispaniya TIV markaziy apparatida va xorijdagi diplomatik missiyalarda turli lavozimlarda hamda Germaniyadagi elchi vazifasida ishlagan. U 2024-yil iyul oyidan buyon Ispaniyaning Rossiyadagi elchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Ma'lumot o'rnida, Farrux Tursunov 2023-yil dekabr oyidan buyon O'zbekistonning Ispaniyadagi elchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Powered by Froala Editor