Isroil armiyasi G‘azo sektorida yangi operatsiya boshladi

Dunyo

Isroil aviatsiyasi G‘azo markazidagi Al-Bureyj qochqinlar lageriga hujum qildi, deb xabar bermoqda MIR 24.

Isroil armiyasi G‘azo sektorida yangi operatsiya boshladi
Shu tariqa Isroil armiyasi anklavda yangi operatsiyani boshladi.

Isroil mudofaa kuchlarining matbuot xizmati xabariga koʻra, qochqinlar lageridagi operatsiya havo va quruqlik qoʻshinlari bilan razvedka maʼlumotlari asosida oʻtkazilmoqda.

Mahalliy jurnalistlar va shifokorlar ko‘plab qurbonlar haqida xabar berishmoqda. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, birgina so‘nggi 24 soat ichida Isroilning G‘azo sektorining turli hududlariga uyushtirgan reydlari davomida 70 dan ortiq kishi halok bo‘lgan va 182 kishi jarohatlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing