Isroil armiyasi "Hizbulloh"ning yetakchisini yo'q qildi

Dunyo

Isroil Mudofaa kuchlari "Hizbulloh"ning ijroiy kengashi rahbari Xoshem Sofiyiddinni yo'q qildi. Bu haqda IDF rasmiy bayonot berdi.

Isroil armiyasi "Hizbulloh"ning yetakchisini yo'q qildi
4-oktyabr kuni Beyrutda o‘tkazilgan havo hujumida "Hizbulloh"ning razvedka shtabi nishonga olingan va natijada Sofiyiddin hamda razvedka rahbari Husayn Ali az-Zeyma yo'q qilingan. IDF ma'lumotlariga ko‘ra, hujum paytida shtabda 25 nafardan ortiq yuqori martabali qo'mondonlar bo‘lgan.

Bu orada, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Yaqin Sharqqa tashrif buyurib, G‘azo va Livan masalalarini muhokama qilish uchun Isroil rasmiylari bilan uchrashdi. U Isroil hukumatini G‘azoga insonparvarlik yordamini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi.

BMT hisobotlariga ko'ra, G'azoga yetkaziladigan yordam darajasi yil davomida eng past ko'rsatkichga tushgan, ammo Isroil tomoni yordam karvonlari uchun yo‘l ochishni davom ettirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing