Isroil G'azoda quruqlikdagi hujumini kengaytirmoqda

Dunyo

Isroil G‘azo sektorida quruqlikdagi agressiyasini yanada kengaytirganini e’lon qildi. Bu haqda Isroil armiyasining rasmiy vakili Daniel Hagariy bayonot berdi.

Isroil G'azoda quruqlikdagi hujumini kengaytirmoqda
Unga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari Xon Yunus shahri yaqinidagi Falastin anklavining janubiy qismiga kirib bormoqda.

"Isroil armiyasi HAMASning har bir bazasi tomon oldinga siljimoqda", dedi Hagariy.

Uning qoʻshimcha qilishicha "shahar hududlarida quruqlikdagi bo'linmalarning hujumi intensiv havo yordami bilan amalga oshirilmoqda".

Hagariyning so‘zlariga ko‘ra, Isroil armiyasi, shuningdek, Livandagi Hizbullohga yerdan va havodan zarba berishda davom etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing