Isroil G'azodagi urushni to'xtatmoqchi emas. U G'azoda harbiy baza qurmoqda

Dunyo

New York Times nashri suniy yo'ldosh tasvirlariga asosan, so'nggi oylarda G'azoda, Isroil harbiylari 600 dan ortiq binolarni buzib, xavfsizlik “zonasini” yaratish uchun baza tarmoqlarini kengaytirganliklarini aniqladilar.

Isroil G'azodagi urushni to'xtatmoqchi emas. U G'azoda harbiy baza qurmoqda
Isroil harbiy xodimlari va sun'iy yo'ldosh tasvirlaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Isroil armiyasi markaziy G'azoda o'zining harbiy ishtirokini kengaytirgan, harbiy bazalarni mustahkamlagan va Falastin binolarini buzgan.

Bu harakatlar isroilliklarning mintaqada uzoq muddatli nazorat o'rnatishga tayyorgarlik ko'rayotganidan darak beradi.

G'azodagi urushning dastlabki oylaridan beri Isroil kuchlari yuz minglab ko'chirilgan g'azoliklarning shimolga qaytishiga yo'l qo'ymaslik uchun G’azoni ikkiga bo'luvchi Netzarim koridori deb nomlanuvchi to'rt milyalik yo'lni egallab olishgan.

Bu esa, asta-sekin 18 kvadrat milyalik Isroil armiyasi tomonidan nazorat qilinadigan hududga aylangan, deya xabar beradi Isroil armiyasi va New York Times nashri tahlili.

So'nggi uch oy ichida, harbiylar yo'l atrofida 600 dan ortiq binolarni buzib, xavfsizlik zonasini yaratishga harakat qilishgan. Shuningdek, ular aloqa minoralari va mudofaa inshootlari bilan ta'minlangan postlar tarmog'ini tezlik bilan kengaytirayotganligi haqida xabar berilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing