Isroil hukumati 114 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi
Dunyo
Isroil 114 nafar falastinlik mahbusni, jumladan, to‘rt nafar ayolni Kerem Shalom o‘tish joyi orqali ozod qildi, deb xabar bermoqda Falastin Axborot markazi ijtimoiy tarmoqlarda. Qo'shimcha tafsilotlar ko'rsatilmagan.
Bugun, 1-fevral kuni “Al-Hadat” telekanali yaqinda Parijda bo'lib o'tgan uchrashuvda garovga olinganlar bilan almashish uchun yangi shartlar ishlab chiqilganini ma'lum qildi. Jangarilar falastinliklarni bosqichma-bosqich ozod qilishga rozi bo‘ldilar.
Avvalroq “Axios” nashri manbalarga tayanib, Isroil HAMASga quyidagi rejani taklif qilgani haqida xabar bergan edi: jangarilar G‘azoda saqlanayotgan barcha isroillik garovga olinganlarni (taxminan 130 kishi) qaytaradi va buning evaziga isroilliklar falastinliklarni qamoqdan ozod qiladi. Nashrning yozishicha, Isroil o‘z qamoqxonalaridan “noma’lum miqdordagi” falastinliklarni ozod qilishga tayyor, biroq barcha 6 ming falastinlik mahbusning to‘liq ozod etilishiga rozi emas.

Powered by Froala Editor