Isroil mudofaa kuchlari o‘z operatsiyalarini G‘azo janubiga qaratdi

Dunyo

Isroil harbiylari HAMAS a'zolari bilan to'qnash kelgan janubiy qirg'oqdagi asosiy hududlar, jumladan, Xon Yunis va Rafah bombardimon qilindi.

Isroil mudofaa kuchlari o‘z operatsiyalarini G‘azo janubiga qaratdi
Falastinliklarga, jumladan, shimoldagi jangovar harakatlardan qochganlarga, Misr bilan chegaraga yaqin, O‘rta yer dengizi sohillari bo‘ylab, asosan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan iborat Al-Mavasidagi “xavfsiz hudud”ga ko‘chib o‘tishga buyruq berildi.

BMTning ta'kidlashicha, Xon Yunis va Dayr al-Balohdagi janglar allaqachon o'n minglab odamlarni Rafahning janubiy qismiga qochishga majbur qilgan va u yerda bir milliondan ortiq odam katalak joyda to’planib qolgan.

Isroil falastinliklarni G'azo shimolini tark etishga chaqirgunga qadar G'azo aholisining 75 foizdan sal ko'prog'i — taxminan 1,7 million kishi qochqinlar sifatida ro'yxatdan o'tgan.

Eslatib o’tamiz, BMT ta'rifiga ko'ra, falastinlik qochqinlar "1946-yil 1-iyundan 1948-yil 15-maygacha yashash joyi Falastin bo'lgan va 1948-yilgi urush natijasida uyi va bor-budidan ayrilgan" odamlar sanaladi. Ularning farzandlari ham qochqin maqomini olish huquqiga ega.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing