Isroil, Turkiyaga qarshi urushga tayyorlanyapti

Dunyo

"Suriya guruhlari Turkiya bilan birlashishi mumkin shu sababli, Turkiyaga qarshi urushga tayyorgarlik ko'rishi kerak", deya ogohlantirdi Isroilning Nagel qo'mitasi. Shuningdek, Turkiyaning Usmoniylar davridagi ta’sirini qayta tiklashga bo‘lgan intilishlari Isroil bilan taranglikni kuchaytirishi, hatto mojaroga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Isroil, Turkiyaga qarshi urushga tayyorlanyapti
Nagel qo'mitasining mudofaa byudjeti va xavfsizlik strategiyasi bo'yicha so'nggi hisobotida, Isroil Turkiya bilan bevosita to'qnashuvga tayyorgarlik ko'rishi kerakligi aytilmoqda. Hisobotda, Suriya guruhlarining Turkiya bilan birlashishi ehtimoli va bu holatning Isroil xavfsizligiga ta'siri haqida ogohlantirilgan.

“Suriya tahdidi Eron tahdididan ham xavfliroq tus olishi mumkin. Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kuchlar mintaqaviy beqarorlikni kuchaytirishi va Isroilning xavfsizlikka bo‘lgan tahdidini oshirishi mumkin”, degan fikr bildirilgan.

Nagel qo'mitasi o‘z tavsiyalarini Bosh vazir Benyamin Netanyaxu, Mudofaa vaziri Isroil Katz va Moliya vaziri Betzalel Smotrichga taqdim etdi. Unda yangi tahdidlarga qarshi kurashish uchun kompleks strategiya taklif qilingan.

Qo‘mita, Isroil Mudofaa Kuchlari (IDF)ni Turkiya va boshqa mintaqaviy tahdidlarga qarshi tayyorlash maqsadida kelgusi besh yil davomida mudofaa byudjetini har yili 15 milliard NISgacha oshirishni taklif qilgan.

Netanyaxu hisobot yuzasidan shunday dedi: “Yaqin Sharqda asosiy o‘zgarishlarning guvohi bo‘lmoqdamiz. Eron uzoq vaqt davomida biz uchun eng katta tahdid bo‘lib kelgan, biroq yangi kuchlar sahnaga kirib kelmoqda va biz kutilmagan holatlarga tayyor bo‘lishimiz kerak. Bu hisobot Isroil kelajagini himoya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasini beradi.”

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing