Isroil yana bemorlarni nishonga oldi. 15 kishi halok bo‘lgan

Dunyo

Isroil kuchlari 3-noyabr kuni G‘azo sektori ma’muriy markazidagi Al-Shifa markaziy shifoxonasiga tutash hududga hujum qildi. Zarbalar yaradorlarni Misr bilan chegaradagi Rafah nazorat-o‘tkazish punktiga olib ketayotgan tez yordam mashinalari karvoniga, so‘ngra shifoxonaga kiraverish yaqiniga kelib tushdi.

Isroil yana bemorlarni nishonga oldi. 15 kishi halok bo‘lgan
Falastin Qizil Yarim Yarim Oy Jamiyati (FQYOJ) Isroil harbiy havo kuchlarining Al-Shifa markaziy shifoxonasi yaqinida tez yordam mashinalari karvoniga uyushtirgan hujumi oqibatida 15 kishi halok bo'lgan va 60 dan ortiq kishi jarohatlanganini ma'lum qildi. Tashkilot bayonoti X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.

"5 ta tez yordam mashinasidan iborat konvoyga uyushtirilgan havo hujumi natijasida, 15 kishi halok bo'ldi, shifoxonaga kiraverishda bo'lgan 60 dan ortiq tinch aholi FQYOJ xodimlari - shifokor va tez yordam haydovchisi jarohat oldi", deyiladi hujjatda.

Tashkilotga ko‘ra, G'azoda mojaro boshlanganidan beri insonparvarlik burchlarini bajarayotib, Qizil yarim oyning 4 shifokori halok bo'lgan va 20 dan ortiq kishi jarohatlangan, 8 ta tez yordam mashinasi vayron qilingan.

"Tibbiyot guruhlariga qasddan hujum qilish urush jinoyati va Jeneva konvensiyalarini jiddiy buzishdir", deyiladi bayonotda.

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus Al-Shifa kasalxonasi yaqinida tez yordam mashinalariga hujum uyushtirilgani haqidagi xabarlardan hayratda qolganini aytib, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing