Isroilning Rafahga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 67 kishiga yetdi

Dunyo

Isroil harbiylarining anklav janubidagi Rafah shahridagi turar-joy binolariga uyushtirgan zarbalari tufayli kamida 67 kishi halok bo’ldi. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Isroilning Rafahga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 67 kishiga yetdi
Isroil armiyasi Al-Shabur hududidagi Rafahga hujumlar sodir etilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Isroil armiyasi hujum nishoni sifatida HAMAS harakatining falastinlik jangarilari obyektlarini atamoqda. Isroil tomoni qurbonlar haqidagi ma’lumotga izoh bermadi.

“Vayronalar ostidan jasadlarni chiqarish davom etmoqda”, — deyiladi vazirlikning Telegram-kanalida.

Livanning “Al-Mayadeen” telekanali o‘z manbalariga tayanib, Rafahga berilgan zarbalar natijasida halok bo‘lganlar soni 100 kishidan oshganini, jarohatlanganlar soni esa 230 nafardan ortganini ma’lum qildi.

Eslatib oʻtamiz, 9-fevral kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Rafahda harbiy operatsiya boshlash niyatida ekanligini maʼlum qilgan edi. Misr va Gʻarb davlatlarining ogohlantirishlariga qaramay, Netanyaxu Rafah operatsiyasini “muqarrar” deb atadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing