Italiya Netanyaxuning hibsga olinishidan xavotirda

Dunyo

Italiya hukumati Xalqaro jinoyat sudi tomonidan Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni hibsga olishga oid order chiqarilganidan xavotirda. Hukumatdagi koalitsiya vakillari ushbu qarorni noto‘g‘ri deb atashgan, biroq uni bajarish bo‘yicha aniqlik kiritmagan.

Italiya Netanyaxuning hibsga olinishidan xavotirda
“Italiya ushbu qarorning mazmunini, uning huquqiy asosini ko‘rib chiqadi. Biz Xalqaro jinoyat sudini qo‘llab-quvvatlaymiz, ammo har doim bu organ huquqiy funktsiyani bajarishini va siyosiy rol o‘ynamasligini yodda tutamiz.

Ushbu qarorning Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayonini murakkablashtirishi mumkin bo‘lgan siyosiy oqibatlari bizni tashvishga solmoqda”, — dedi Italiya bosh vazirining o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani.

Boshqa bir o‘rinbosar, infratuzilma vaziri va Liga partiyasi yetakchisi Matteo Salvini esa ICCning Netanyaxu va Isroilning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantga qarshi qarorini tanqid qilib, uni “Islomparast” deb atadi.

Bosh vazir Giorgiya Melonining partiyasi, "Italiya birodarlari"ning nufuzli vakili bo‘lgan mudofaa vaziri Guido Krozeto bu qarorni xato deb ataganiga qaramay, Isroil siyosatchilari Italiyaga tashrif buyurgan taqdirda, ICC qaroriga muvofiq ularni hibsga olish kerakligini bildirdi.

Muxolifat partiyasi "5 yulduz harakati" partiyasi esa ICC qarorini olqishlab, uni bajarishga chaqirdi. Bu haqida La Repubblica gazetasi xabar bermoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing