Italiyada “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi ochildi

Dunyo

15-аprel kuni Florensiyadagi Uffitsi galereyasi Pitti saroyining Oq zalida “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasining ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O’zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Italiyada “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi ochildi
Matbuot anjumanida Uffitsi galereyasidan doktor Yelena Markoni, loyiha rahbari Bobirmirzo Sayomov hamda ko‘rgazma kuratorlari va Ka Foskari universiteti qoshidagi Rus san’ati tadqiqotlari markazi (CSAR)dan Silvia Burini va Juzeppe Barbierilar ishtirok etdilar. Yigʻilganlar safida 20 dan ortiq xalqaro va oʻzbek matbuotining vakillari hozir boʻldi.

“Ushbu ekspozitsiya tomoshabinlar e’tiborini XX asrning birinchi yarmiga oid rus sharqshunos-ijodkorlari va milliy san’at maktabi vakillari asarlarida aks etgan Markaziy Osiyoning badiiy qiyofasiga qaratadi. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar badiiy andozalarning vizual almashuvidan bahra olibgina qolmay, modern bilan Markaziy Osiyo xalqlari ijodi o‘rtasidagi qiziqarli muloqotga ham guvoh bo‘lishlariga ishonchim komil”, — deb yozdi o‘zining Telegram-kanalida O’zbekiston Prezidentning birinchi yordamchisi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o’tamiz, ko‘rgazmaning “Nur va rang” nomli Florensiya qismi tashrif uchun 2024-yilning 16-aprelidan 30-iyuniga qadar ochiq bo‘ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing