Jahon banki Markaziy Osiyo uchun 20 mln dollarlik CAWEC dasturini ishga tushirdi
O'zbekiston
Jahon banki guruhi Ijrochi direktorlar kengashi Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni tayyorlash uchun 20 million AQSh dollari miqdoridagi grantni nazarda tutuvchi Central Asia Water and Energy Program (CAWEC) mintaqaviy dasturini ma'qulladi. Loyiha Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Dastur transchegaraviy suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish, mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish va yirik investitsiya loyihalarini tayyorlashga qaratilgan. Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, tashabbus natijalaridan 40 millionga yaqin aholi foyda ko‘rishi mumkin.
Dastur zarurati eskirgan gidrotexnika infratuzilmasi, Amudaryo va Sirdaryo havzalari bo‘yicha axborot almashinuvi cheklangani hamda iqlim o‘zgarishining ta'siri bilan izohlanadi. Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 60 yil ichida mintaqadagi muzliklar maydoni qariyb uchdan bir qismga qisqargan, suv resurslaridan samarasiz foydalanish esa har yili 4,5 milliard dollardan ortiq iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelmoqda.
2031 yilga qadar oltitagacha transchegaraviy investitsiya tashabbusini tayyorlash, sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish, suvni saqlash infratuzilmasini rivojlantirish, suv monitoringi va hisobini raqamlashtirish hamda 100 nafargacha mutaxassisni tayyorlash rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor