Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda "BMT Turizm" o'rtasida memorandum imzolandi

O'zbekiston

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o'rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev va Turizm qo'mitasi raisi Umid Shodiyev boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Madrid shahriga tashrifi davomida "BMT Turizm" bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o'tkazdi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda "BMT Turizm" o'rtasida memorandum imzolandi
Muloqot chog'ida O'zbekiston va "BMT Turizm" o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. O'zbekiston nafaqat ilg'or tashabbuslarni faol hayotga tadbiq etayotgani, balki boshqa davlatlar uchun ham yuksak talablar qo'yayotgani alohida urg'ulandi.

"BMT Turizm" bosh kotibi Zurab Pololikashvili, shuningdek, O'zbekiston Prezidentiga istiqbolli siyosati va turizmni tinimsiz qo'llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirib, har bir yangi loyiha nafaqat milliy, balki jahon turizmini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berishini qayd etdi.

Asosiy e'tibor BMTning "2027-yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili" rezolyutsiyasi ijrosi hamda turizm sohasini barqaror rivojlantirish uchun ta'lim sohasidagi tashabbuslarning ahamiyatiga qaratildi.

Uchrashuv yakunida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda "BMT Turizm" tashkiloti o'rtasidagi o'zaro anglashuv memorandumi shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalarining mazkur tuzilmada amaliyot o'tashlarini tashkil etish bo'yicha hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing