Janubi-Sharqiy Yevropa yetakchilari Ukrainani qo‘llab-quvvatladi, Serbiya esa betaraf qoldi
Dunyo
Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlari rahbarlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashlarini yana bir bor tasdiqlab, «Kiyev deklaratsiyasi»ni imzoladi. Sammit ishtirokchilari orasida hujjatni imzolamagan yagona davlat rahbari Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich bo‘ldi. U mojaro boshlanganidan buyon ilk bor Ukrainaga tashrif buyurdi.
Deklaratsiyani Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda Albaniya, Bolgariya, Gretsiya, Moldova, Ruminiya, Sloveniya, Shimoliy Makedoniya, Xorvatiya va Chernogoriya vakillari imzoladi. Hujjatda Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy harakatlari qoralangan hamda Kiyevga siyosiy, harbiy va moliyaviy yordamni davom ettirish, Rossiyaga bosimni kuchaytirish va mamlakatni tiklashga ko‘maklashish bo‘yicha majburiyatlar qayd etilgan.
Aleksandr Vuchich esa Serbiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini va unga moliyaviy, tibbiy hamda energetika yo‘nalishlarida yordam berayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u deklaratsiyaning ayrim bandlariga qo‘shilmasligini bildirib, hujjatni imzolamadi.
Tahlilchilarga ko‘ra, Belgrad Yevropa Ittifoqi, AQSH, Rossiya va Xitoy bilan muvozanatli tashqi siyosatini davom ettirmoqda. Yevropa Ittifoqiga nomzod davlat bo‘lishiga qaramay, Serbiya Belarus bilan birga Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmagan yagona Yevropa davlati bo‘lib qolmoqda.

Powered by Froala Editor