Janubiy Koreya va O‘zbekiston XXI asrning innovatsion Ipak yo'lini yaratishni rejalashtirmoqda
Siyosat
Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol mamlakatimizga amalga oshiradigan davlat tashrifi arafasida O‘zbekiston bilan birgalikda Markaziy Osiyoda yuqori texnologiyali xab barpo etish rejasini ma’lum qildi.
Yun Sok Yol “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyusida O‘zbekiston islohotlar va faol iqtisodiy siyosat tufayli sarmoya kiritish uchun jozibador davlatga aylanganini alohida ta’kidladi.
Yun Sok Yol ikki davlatning birgalikdagi sa’y-harakatlari XXI asrning innovatsion Ipak yo'lini yaratishga, mintaqaning ilmiy-texnikaviy yutug‘i va gullab-yashnashiga hissa qo‘shishiga umid bildirdi.
“Bizning mamlakat O'zbekiston bilan ilg'or fan va texnologiyalar, jumladan, AKT, sun'iy intellekt uchun yarimo'tkazgichlar sohasida ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar hamda gumanitar almashinuvlar yo'nalishida hamkorlikni mustahkamlab, birgalikda Markaziy Osiyoda insoniyatni ilmiy va texnologik yutuqlarga yetaklovchi yuqori texnologiyali xab barpo etish va XXI asrning innovatsion Ipak yo'lini yaratishga umid qilmoqda”, — dedi Koreya rahbari.
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol 13–15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Powered by Froala Editor