Janubiy Koreyada qiruvchi samolyotlar yashash hududiga sakkizta bomba tashladi
Dunyo
AQSh va Janubiy Koreya qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o'tkazayotgan paytida 8 ta avia bombalar tinch aholi hududiga tasodifiy tashlangan. Natijada 15 kishi jarohat olgan, shulardan 2 nafarining ahvoli og'ir.
Janubiy Koreyada harbiy mashg‘ulotlar vaqtida K-16 qiruvchi samolyotining uchuvchilari xato bilan MK-82 avia bombalarini Pxochxon shahridagi yashash hududiga tashlab yubordi. Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlari vakilining 6-mart, payshanba kuni bergan bayonotiga ko‘ra, sakkizta umumiy maqsadli bomba "g‘ayritabiiy ravishda harbiy-havo kuchlari samolyotidan tashlangan" va belgilangan o‘quv otish zonasi tashqarisiga tushgan.
Dastlab, bombalar faqat bitta qiruvchi samolyot tomonidan tashlangani aytilgan edi. Biroq, Janubiy Koreyaning "Yonhap" agentligi dastlabki xabar berilganidan bir necha soat o‘tib, bombardimon ikki qiruvchi samolyot tomonidan amalga oshirilganini aniqladi.
Hodisa natijasida 15 kishi jabrlangan. Ulardan 10 nafari shifoxonaga yotqizilgan, ikki kishining jarohatlari og‘ir ekani aytilmoqda. Bundan tashqari, bir nechta binolar, jumladan, ibodatxona va yuk mashinasi shikastlangan.
Mazkur hodisa AQSh va Janubiy Koreya o‘rtasida KXDR chegarasi yaqinida o‘tkazilayotgan qo‘shma mashg‘ulotlar chog‘ida sodir bo‘ldi. Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, o‘quv parvoziga tayyorgarlik ko‘rayotgan uchuvchi noto‘g‘ri koordinatalarni kiritgan, bu esa bombalarning noto‘g‘ri joyga tashlanishiga sabab bo‘lgan.
Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlari "bombalarning tasodifiy tashlanganidan chuqur afsusda ekanini" bildirgan, jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilagan va "zararni qoplash hamda boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish" niyatida ekanini ma’lum qilgan. Ayni paytda hodisani tekshirish uchun maxsus komissiya tuzildi.

Powered by Froala Editor