JIDU'da kontrakt narxi oshirildi

O'zbekiston

Universitet matbuot xizmati xabariga ko'ra, 2024/2025 o'quv yilida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt to'lovlari oshirildi.

JIDU'da kontrakt narxi oshirildi
Yangi narxlarga ko'ra, 1-kurs bakalavriat talabalari uchun kontrakt to'lovi stipendiyasiz 29 million 428 ming so'm, stipendiyali esa 35 million 642 ming so'm etib belgilandi. 2-4 kurs talabalari uchun stipendiyasiz 23 million 740 ming so'm, stipendiyali esa 31 million 814 ming so'mni tashkil etadi. Magistratura talabalari uchun kontrakt to'lovi 27 million 216 ming so'm qilib belgilandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, JIDU'da kontrakt to'lovlari 3 yildan beri oshirilmagan edi. 2023/2024 o'quv yilida bakalavriat uchun stipendiyasiz 18 million so'm, magistratura uchun esa 21 million so'm belgilangan edi.

Davlat universitetlarida 2023/2024 o'quv yilida kunlik shaklda ta'lim oladigan bitta talabani o'qitish xarajatlari o'rtacha 13 million 640 ming so'mni tashkil etdi. Kontrakt to'lovining o'rtacha summasi 7 million 446 ming so'mni tashkil etib, bu xarajatlarning 54 foizini qoplagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing