Jizzaxda 10 ta madaniy meros obyektida “Turizm halqasi” tashkil etiladi

O'zbekiston

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatini har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qator topshiriqlar berdi.

Jizzaxda 10 ta madaniy meros obyektida “Turizm halqasi” tashkil etiladi
Viloyatda chorvachilikni rivojlantirish uchun salohiyat katta. Mutasaddilarga yil yakunigacha Sharof Rashidov va Zarbdor tumanida bittadan yirik chorvachilik klasteri faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Dronlar yordamida qishloq va o‘rmon xo‘jaligi yerlarida aniqlangan imkoniyatlarni, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.

Zomin tumanida sanoat texnoparki, Zarbdordagi Shodlik mahallasida Jizzax sanoat zonasi filiali, Zafaroboddagi Chimqurg‘on mahallasida va Sharof Rashidov tumanidagi Toqchilik mahallasida sanoat zonalari tashkil qilinadi.

Mahalliy bazalt mahsulotlarini xalqaro sertifikatsiyadan o‘tkazishga ko‘maklashish, qurilish, irrigatsiya va kommunal xo‘jaligidagi qurilish normalarida bazalt mahsulotidan foydalanishni ko‘paytirish lozimligi ta’kidlandi. Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlardan olim va mutaxassislarni olib kelib, bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga ko‘rsatma berildi.

Endilikda tarmoq rahbariyati oldida kelgusi uch yilda sohaga 1 milliard dollar investitsiya jalb qilib, avtomobil ishlab chiqarish quvvatini 100 mingtaga oshirish, 10 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish vazifasi turibdi.

10 ta madaniy meros obyektida “Turizm halqasi” yaratilishi, ularga turizm mahallasi maqomi berilishi belgilandi. “Turizm halqasi” obyektlariga boradigan yo‘llarni ta’mirlash topshirildi. Qolaversa, 2 mingga yaqin eski uylar o‘rnida 50 ming xonadonli zamonaviy uylar qurish dasturini tasdiqlash topshirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing