Jizzaxda transport infratuzilmasini yaxshilash rejalashtirilmoqda

O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev raisligida o’tgan yig’ilishda transport, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va biznesni qo‘llab-quvvatlash masalalari ko’rib chiqildi.

Jizzaxda transport infratuzilmasini yaxshilash rejalashtirilmoqda
Sentyabrdan boshlab Sharof Rashidov, Paxtakor, Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlarini Jizzax shahri bilan bog‘lovchi “Irjar – Do‘stlik – Jizzax” yo‘nalishida teplovoz qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Natijada ushbu tumanlardagi 450 ming aholini shaharga qatnashida yengillik yaratiladi.

Viloyatdagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, joylarda bog‘cha va maktablar qurish, Jizzax shahridagi tibbiyot muassasalari va ko‘priklarni ta’mirlash chora-tadbirlari yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Umuman, Jizzaxda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, biznesni qo‘llab-quvvatlash, grantlar ajratish uchun qo‘shimcha 300 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti tinglandi, viloyat faollari bilan muloqot bo‘ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing