Jizzaxning 13 ta tumanida iqtisodiy turtki beradigan yangi imkoniyatlar aniqlandi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Jizzaxning 13 ta tumanida iqtisodiy turtki beradigan yangi imkoniyatlar aniqlandi
So‘nggi etti yilda Jizzaxda ham katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Shu bilan birga, Jizzax viloyatida iqtisodiyotni yangi bosqichga ko‘tarish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish uchun mavjud salohiyat to‘liq ishga solinmayapti. Viloyat va tumanlar rahbariyatining bu boradagi faoliyati juda sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘rganishlar natijasida Jizzaxning 13 ta tumanida iqtisodiy turtki beradigan yangi imkoniyat va zaxiralar aniqlangani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari ushbu imkoniyatlarni Zarbdor tumani misolida tushuntirib, ularni ishga solish uchun 130 milliard so‘m ajratishga topshiriq berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing