Kambag‘al oilalarga dehqonchilik uchun 50 ming gektar yer ajratiladi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kambag‘al oilalar uchun yangi yer maydonlari ajratish masalasi muhokama qilindi. Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va mahalliy hokimliklarga qo‘shimcha 50 ming gektar yer ajratish bo‘yicha topshiriq berildi.
Mazkur yerlar negizida 200 ming oilani daromadli qilish va ularni kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan. Ayniqsa, So‘x, Baxmal, Pop va Ohangaron tumanlarida sanoatlashgan “in-vitro” bog‘lar yaratish tajribasini respublika bo‘ylab kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Yangi tizimga ko‘ra, bog‘ yaratishni istagan tadbirkorlarga arzon kredit va tayyor loyiha asosida yer ajratiladi. Bu bog‘lar hosilga kirganidan so‘ng, ularni 5 yil ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan lizingga olish imkoni yaratiladi.
Yig‘ilishda shu yilning o‘zida 14 ming gektar, kelgusi yilda esa 29 ming gektar yerda yangi bog‘ va tokzorlar tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

Powered by Froala Editor