Karlson AQShni Rim imperiyasi bilan taqqosladi

Dunyo

Jurnalist Taker Karlson Rim imperiyasi tarixi va Qo'shma Shtatlar duch kelayotgan zamonaviy muammolarni taqqosladi.

Karlson AQShni Rim imperiyasi bilan taqqosladi
“Rim qanday quladi? Buning sabablaridan biri juda aniq ekanligiga hamma qo’shilsa kerak. Rim qo’shinlari va uning legionlarida fuqaro bo'lmaganlar hukmronlik qilgan, ular oxir-oqibat Rimga sodiq bo'lmaganliklari uchun fuqarolarga qarshi isyon ko'tarishgan", — deb ta'kidladi Karlson o'zining veb-saytida joylashtirilgan "Amerikaning oxiri" videosida.

Karlsonning ta'kidlashicha, Bayden prezidentligi davrida Qo'shma Shtatlarga bir necha o'n millionlab noqonuniy muhojirlar kelgan. Uning aytishicha, Qo'shma Shtatlarda Rim imperiyasining taqdiri takrorlanishi mumkin.

Shuningdek, u mamlakatdagi noqonuniy muhojirlar soni 32ta shtat aholisidan oshib ketganini taʼkidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing