Karlson: Ukraina hatto G'arb ko'magida ham Rossiyani mag'lub eta olmaydi

Dunyo

Amerikalik jurnalist Taker Karlsonning fikricha, hatto G'arbning sezilarli yordami bilan ham, Ukraina harbiylari ruslarni Ukrainaning sharqiy viloyatlaridan siqib chiqara olmaydi.

Karlson: Ukraina hatto G'arb ko'magida ham Rossiyani mag'lub eta olmaydi
"G'arb Ukraina harbiylarini qo'llab-quvvatlashi faqat ukrainaliklarning yanada ko’proq o’limini hamda AQSh va ayniqsa Germaniyada G'arb iqtisodiyotining yanada tanazzulga uchrashini anglatadi", — dedi u.

Karlson, shuningdek, Ukraina NATO davlatlari va Qo'shma Shtatlar bilan bir qatorda g'alaba qozonish uchun sanoat salohiyatiga ega emasligini ta'kidladi.

Avvalroq internetda amerikalik jurnalist Karlson va Vladimir Putin o‘rtasidagi shov-shuvli intervyu chiqqan edi. Unda asosan Ukraina hududidagi maxsus harbiy operatsiya, xususan, urush nega boshlangani, qanday davom etayotgani va qanday yakunlanishi mumkinligi haqida so’z borgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing