Kim Chen In 10 yoshli qizini vorislikka tayyorlamoqda
Dunyo
Janubiy Koreya razvedkasining xabar berishicha, Kim Chen Inning raketa sinovlaridan tortib, harbiy paradlargacha bo‘lgan tadbirlarda tez-tez hamroh bo‘ladigan qizi uning bo‘lajak merosxo‘ri bo‘lishi mumkin.
Kim Chju E birinchi marta 2022-yilning noyabr oyida yangi qit’alararo ballistik raketa “Xvason-17”ni sinovdan o‘tkazishda otasi bilan birga ommaga ko’rindi. O'shandan beri u doimiy ravishda muhim tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda.
Milliy razvedka xizmatining (NIS) ta'kidlashicha, ular Pxenyanning "vorislik" rejalari uchun turli ssenariylarni ko'rib chiqishda davom etmoqdalar, sababi mamlakatda Kimlarning uchinchi avlodi hukmronlik qilmoqda.
Jamoatchilikdagi faolligi va jamiyatda paydo bo'lganidan beri Kim Chju E ga berilgan hurmat darajasini chuqur tahlil qilgach, Milliy razvedka xizmati Kim Chen Inning qizini eng ehtimoliy merosxo'r deb ko’rmoqda. Lekin ular kim Chen Inning yoshligi, sog'lig'i va boshqa ko'plab omillarni inobatga olib, barcha ehtimoliy ssenariylarni ko'rib chiqishda davom etmoqdalar.

Powered by Froala Editor