Kim Chen In Janubiy Koreyani KXDRning ashaddiy dushmani deb e’lon qildi

Dunyo

KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreya Respublikasi Pxenyan nuqtai nazaridan eng dushman davlatga aylanganini aytdi.

Kim Chen In Janubiy Koreyani KXDRning ashaddiy dushmani deb e’lon qildi
Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, u bu haqda mudofaa sanoati korxonalariga tashrifi chogʻida ma’lum qilgan.

“Kim Chen In Koreya Respublikasini KXDR uchun eng dushman davlat sifatida tavsiflash vaqti kelganini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.

Shimoliy Koreya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Janub Shimol bilan qariyb 80 yildan beri “yovuz mojaro” holatida. Shimoliy Koreya “bu muqarrar, qaytarib boʻlmaydigan haqiqatni tan olishi” va tegishli javob berishi kerak.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing