Kimyo talabasi va uning tanishi Toshkentda narkolaboratoriya tashkil etdi

O'zbekiston

Toshkentda 22 yoshli kimyo talabasi va 18 yoshli qiz tomonidan tashkil etilgan yashirin narkolaboratoriya fosh etildi. Huquq-tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, ishlab chiqarish oddiy ijaradagi kvartirada yo‘lga qo‘yilgan.

Kimyo talabasi va uning tanishi Toshkentda narkolaboratoriya tashkil etdi
Toshkentning Mirzo-Ulug‘bek tumanida huquq-tartibot organlari xodimlari 22 yoshli kimyo talabasi va 18 yoshli qiz tashkil etgan yashirin narkolaboratoriyani aniqladi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sintetik giyohvand moddalar ishlab chiqarish ijaraga olingan kvartirada amalga oshirilgan. Tintuv vaqtida xonadondan taxminan bir kilogramm mefedron va uni tayyorlash uskunalari topildi.

Yana bir kilogramm narkotik modda Yangi Hayot tumanida «zakladka» usuli bilan yashirilgan joydan topildi.

Ish doirasida jami 15 kishi, jumladan giyohvand moddalarni tarqatish bilan shug‘ullangan talabalar ham qo‘lga olindi. Huquq-tartibot organlari bahosiga ko‘ra, musodara qilingan moddalar hajmi qariyb 10 ming dozani tashkil etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing