Kiyevda Qatar elchixonasi zarar ko‘rdi
Dunyo
Qatar Kiyevdagi elchixonasi 9-yanvarga o‘tar kechasi shahar o‘qqa tutilishi oqibatida zarar ko‘rganini tasdiqladi. Elchixona bayonotida xodimlar orasida jabrlanganlar yo‘qligi qayd etilib, yuz bergan hodisadan chuqur afsus bildirilgan. Shu bilan birga, hujum uchun mas’ul tomon nomlanmadi.
Qatar TIV diplomatik vakolatxonalarni himoya qilish zarurligini ta’kidladi va Ukraina–Rossiya mojarosini tinch, diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqirdi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga elchixona binosi Rossiya zarbasi oqibatida shikastlanganini ma’lum qilgan edi.
Rossiya TIV bu ayblovlarni rad etib, Rossiya qurolli kuchlari diplomatik obyektlarni nishonga olmasligini bildirdi. Moskva versiyasiga ko‘ra, elchixona binosiga yetgan zarar Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimining noto‘g‘ri ishlashi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
8-yanvardan 9-yanvarga o‘tar kechasi Kiyev dronlar va raketalar bilan ommaviy hujumga uchradi. To‘rt kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq odam jarohat oldi. Shuningdek, muhim infratuzilma obyektlari shikastlanib, shaharning bir qismi elektr, issiqlik va suv ta’minotisiz qoldi.

Powered by Froala Editor