Kolumbiya prezidenti suiqasdning oldi olinganini ma’lum qildi
Dunyo
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro uning vertolyoti ehtimoliy o‘q uzish tahdidi sabab yo‘nalishni o‘zgartirganini, shu tariqa suiqasddan qutulganini bildirdi.
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro suiqasdga urinishning oldi olinganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u bo‘lgan vertolyot rejalashtirilgan joyga qo‘nmagan, chunki unga qarata o‘q uzilishi mumkinligi haqida xavotirlar bo‘lgan.
Prezident administratsiyasining YouTube-kanalida jonli efirda uzatilgan hukumat yig‘ilishida so‘zga chiqqan Petro xavfsizlik sabab marshrutni o‘zgartirishga qaror qilganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bortda bolalari ham bo‘lgan.
«Men qo‘nishim kerak bo‘lgan joyga qo‘nmadim, chunki vertolyotga qarata o‘q uzilishi mumkinligi haqida xavotirlar bor edi», — dedi davlat rahbari va shu tariqa «o‘ldirilishdan qutulganini» qo‘shimcha qildi.
Prezidentning aytishicha, vertolyot to‘rt soat davomida ochiq dengiz ustida uchib yurgan, shundan so‘ng boshqa joyga qo‘ngan. Hodisa tafsilotlari keltirilmagan.

Powered by Froala Editor